
Germaniyada ta'lim: Talabalar uchun eng zo'r tanlov
Germaniya har doim ta'lim sifati, ilg'or texnologiyalari va boy madaniyati bilan boshqa davlatlardan ajralib keladi. Xorijlik talabalar uchun bu mamlakat nafaqat bepul yoki arzon ta'lim, balki yangi madaniyatlarni kashf qilish, bilim olish va o'qishni bitirgach ishni davom ettirish imkonini beradi.
Germaniyada ta'lim narxlari qanday?
Germaniya ko'plab xalqaro talabalar uchun ta'lim olishda yetakchi tanlov qilinadigan davlatlardan biri xisoblanadi. Davlatda 428 ta universitet, 4235 ta ta'lim dasturlari mavjud. Universitetlarning ko'pchiligi davlat universitetlari yoki shaxsiy, ammo o'qish uchun ma'lum bir belgilangan minimal to'lov miqdori belgilangan. Shuningdek, Germaniya universitetlarining diplomi dunyo bo'ylab tan olingan. Statistik ma'lumotlarga ko'ra, Dunyoning TOP-200 talik universitetlari orasida 17 ta, TOP-300 talik universitetlar ro'yxatidagi universitetlar orasida esa 30 ta Germaniya universitetlari joy olgan.
Bundan tashqari, ko'plab universitetlar ingliz tilida ta'lim olishni taklif qiladi, bu esa nemis tilini yaxshi bilmagan talabalar uchun qulaylik beradi. Ta'lim tizimi nazariya va amaliyotni uyg'unlashtirishga qaratilganligi bevosita talabalarni ham o'rganish, ham amaliyotda o'rgangan bilimlarini qo'llay olishiga yordam beradi.
Jamoat universitetlarida oliy ta’lim mahalliy talabalar uchun ham, xorijiy talabalar uchun ham bepul. Buning uchun siz nemis tilini bilishingiz (eng kamida B2 yoki C1) va mahalliy talabalar bilan bir xil qabul shartlaridan o’tishingiz shart. Yevropa mamlakatlari kabi Germaniyada ham bakalavr 3 yil, magistratura 2 yil. Shanba va yakshanba rasmiy dam olish kuni.
O’rtacha maosh: € 4000
Eng kam maosh: € 1600
Yashash narxi
Germaniyada yashash narxi boshqa G'arbiy Yevropa mamlakatlariga nisbatan arzonroq. O'rtacha, talabalar oyiga 800 evro bilan olishlari mumkin.
Gamburg yoki Myunxen kabi ba'zi metropolitan hududlarda ijara haqi yuqori bo'lishi mumkin, lekin Parij yoki London kabi shaharlar bilan taqqoslanganda hatto ushbu shaharlarning eng chekka yashash hudulari bilan taqqoslaganda ham Germaniyaning shahar markazlarida yashash ancha arzonga tushadi.
Germaniyada magistratura
Germaniyada Magistrlik darajasini olish uchun o'qish odatda 1,5–2 yil davom etadi va bepul (davlat universitetlarida) yoki narxi 8000 dan 20 000 yevrogacha bo'lgan miqdorda kontrakt to'lab, xususiy universitetda o'qishingiz mumkin. Germaniyada magistratura bosqichini o'qishning eng yaxshi jihatlaridan biri keyinchalik siz faoliyatingiz, tadqiqotingizni davlatning o'zida davom ettirishingiz imkonining borligi, ish topish imkonining borligidir.
Университеты
Imkoniyatlar Chegarasini Kengaytirish
Bu mamlakatdan tashqari, biz dunyoning yetakchi ta'lim muassasalarida o'qish imkoniyatlarini taklif etamiz. Boshqa yo'nalishlar haqida ko'proq ma'lumot oling va maqsadlaringizga erishish uchun eng yaxshi yo'lni tanlang.
Biz yordam berishga tayyormiz
Agar savollaringiz bo‘lsa yoki qo‘shimcha ma’lumot kerak bo‘lsa, shaklni to‘ldiring va biz siz bilan bog‘lanamiz. Bizning mutaxassislarimiz sizga har bir bosqichda yordam berishga tayyor!